Zidan: Futbolchilarimga so'zim o'tmaydigan bo'lsa, o'sha zahoti jamoa bilan xayrlashaman

27 yanv 2018, 01:43
“Real” bosh murabbiyi Primeroning 21-turida “Valensiya”ga qarshi (27 yanvar) bahs oldidan bo'lib o'tgan muvaffaqiyatsizliklarga qaramay o'z postida ishlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

“Qachonki ko'rsatmalarim, maslahatlarim shogirdlarimga qadar yetib bormayotganini bilsam, o'sha kuni jamoa bilan xayrlashaman. Futbolda yaxshi va yomon vaziyatlar bo'ladi.  Ich-ichimdan vaziyatni o'zgartira olishimga ishonayapman. Agar bunga ishonmaganimda, vaziyat hozirgidandan tangroq holatda bo'lardi”, deya Zidan so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca