Joze Mourinyo: Qachondir Interga qaytishim mumkin

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2014, 13:06
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Inter”ga qaytish ehtimoli haqida gapirib o'tdi.

“Hozirgi kunda “Chelsi”da mening barcha ishlarim joyida. Lekin, kelajakda Abramovich mening faoliyatim borasida qanday qarorga kelishi mumkinligini bilmayman. Agar mabodo u menga chiqish eshiklarini ko'rsatadigan bo'lsa, men darhol Italiyaga ketaman. Ko'p ehtimolki “Inter”ga qaytib boraman”, -deya aytib o'tdi portugaliyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo “Inter” jamoasidagi ikki yillik faoliyati davomida Chempionlar ligasini, ikki marotaba skudettoni xamda Italiya kubogini qo'lga kiritgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru