Jizzaxda futbol maydonlari uchun sun'iy qoplamalar ishlab chiqariladi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2013, 22:10
2015 yil oxirigacha Jizzax maxsus industrial zonasida sport inshootlari uchun sun'iy maysa va qoplamalarni ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Podrobno.Uz xabar bermoqda.

O'zbekistonda ishlab chiqarilgan sun'iy qoplamalaridan futbol maydonlari, tennis kortlari, golf maydonchalarini taminlash, bolalar maydonchalari, bog' va uyoldi hududlarni, ko'rgazma majmualari va boshqa joylarni ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladi.

Loyihaning umumiy qiymati 2 million dollarga teng bo'lib, shundan 900 ming dollar texnologik uskunalarni sotib olish uchun yo'naltiriladi. 30 kishini ish bilan taminlaydigan korxona har yili 2,3 million dollarga teng mahsulot ishlab chiqaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kun.uz