
Braziliya sport vazirining takidlashicha, Argentina va AQSH terma jamoalari Jahon chempionatiga qayyerda tayyorgarlik ko'rishni aniqlashtirib bo'lishgan. Ular Belu-Oriziontidagi va San-Pauludagi bazalarni tanlashgan.
Ko'pchilik jamoalar mashg'ulotlar o'tkazish uchun bazalarni yanvar oyidan keyin tanlashni rejalashtirishgan. Eslatib o'tamiz, aksariyat katta bazalar “Kruzeyro”, “Korintians” va “Santos” kabi klublarga tegishli.