Zappakosta va “Jenoa”ning yana 4 futbolchisi koronavirusdan tuzaldi

Eldor Akmurzayev
22 okt 2020, 01:10
Bu haqda genuyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, izolyaciyaga olingan futbolchilarning besh nafarida koronavirusga topshirgan qayta test tahlili salbiy natijani ko'rsatgan. Bular: himoyachilar Domeniko Krishito, Davide Zappakosta, yarim himoyachilar Lukas Lerager, Franchesko Kassata va hujumchi Mattia Destro.

Eslatib o'tamiz, “Jenoa” keyingi uchrashuvni A Seriya doirasida “Inter”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 24 oktyabr kuni genuyaliklar maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: genoacfc.it