OKMKning OCHLdagi to'purarini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
15 avg 2023
OKMK sobiq hujumchisi Zafar Polvonov 5ta gol bilan jamoaning OCHL musobaqalaridagi to'purari hisoblanadi.

Hujumchi "Istiqlol" (4), "Al Hilol" (1) darvozabonlarini ranjitgan. 

Keyingi o'rinda Yovan Jokich. Serbiyalik yarim himoyachi OKMK libosida qita turnirida 3ta gol urgan. Futbolchi "Al Garafa", "Istiqlol", "Shabab Al Ahli" darvozalarini ishg'ol qilgan. 

Sanjar Shoahmadov, Akrom Komilov, Shohruh Gadoev, Jasur Hakimov, Dilshod Jo'raev, Sanat Shixov bittadan to'p kiritishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia