

"Yuventus" va "Milan" klublari "Real" himoyachisi Alvaro Odriosola uchun kurashadi, deb xabar berdi "Tuttomercatoweb".
Ma'lumki, "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi Karlo Anchelottining rejasiga kiritilmagan, shuning uchun madridliklar uni sotishga rozi.
"Real" Odriosolani 2018 yilda xarid qilgan, ammo u shundan beri "qaymoqranglilar" tarkibida bor-yo'g'i 43 ta o'yinda maydonga tushdi va "Bavariya" va "Fiorentina"ga ijaraga berildi. Futbolchining A Seriyada o'ynash tajribasi "Yuventus" va "Milan"ning qiziqishini uyg'otmoqda.



