"Yuventus" va "Manchester Yunayted" o'yinchi almashishi mumkin

Alisher
2 apr 2021, 18:00
"Yuventus" va "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida o'yinchi almashishlari mumkin.

Angliya klubi o'z safiga fransiyalik xavbek Adrien Raboni taklif etmoqchi. "Keksa sinora" esa Donni van de Bekka ega bo'lishi mumkin.

Rabo 2019 yildan beri Turin jamoasida to'p tepadi. U Italiyaga PSJdan erkin agent maqomida o'tgandi.

Van de Bek esa o'tgan yilning yozida "Manchester Yunayted" o'yinchisiga aylangandi. Manchesterliklar uning transferi uchun "Ayaks"ga 59 million evro to'lashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express