

Angliya klubi o'z safiga fransiyalik xavbek Adrien Raboni taklif etmoqchi. "Keksa sinora" esa Donni van de Bekka ega bo'lishi mumkin.
Rabo 2019 yildan beri Turin jamoasida to'p tepadi. U Italiyaga PSJdan erkin agent maqomida o'tgandi.
Van de Bek esa o'tgan yilning yozida "Manchester Yunayted" o'yinchisiga aylangandi. Manchesterliklar uning transferi uchun "Ayaks"ga 59 million evro to'lashgan.



