"Yuventus" short-listida 7 nafar futbolchi bor

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2023, 16:28
"Yuventus" yanvar oyidagi transfer oynasiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Turinliklar ro'yxatida 7 nafar futbolchi bor. "La Gazzetta dello Sport"ning xabariga ko'ra, klubning asosiy transfer maqsadi "Tottenxem"dan Per-Emil Xeyberg. Shuningdek, "byankoneri" "Udineze"dan Lazar Samardjich va "Monako"dan Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari "Yuve" hujum chizig'iga Domeniko Berardi ("Sassuolo"), Kuadio Kone ("Borussiya Menxengladbax"), Muhammad Diarra ("Strasbur") va Georgiy Sudakov ("Shaxtyor") nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport