"Yuventus" Milik bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2022, 23:18
Turinlmlkar yangi hujumchiga ega bo'lishadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "keksa sinora" "Marsel" bilan polshalik hujumchi Arkadiush Milikning transferi bo'yicha barcha detallarini hal qilgan.

"Yuventus" hujumchining ijarasi uchun 1 million evro, qo'shimcha ravishda yana 1 million evro bonus to'laydi. Shartnoma 8 million evroga sotib olish variantini o'z ichiga oladi, bu – ixtiyoriy.

Xabaringiz bor, Milik "Napoli" tarkibida Italiya A seriyasida bir necha yil o'ynagan. Polshalik o'yinchi "Yuventus"da Alvaro Morata o'rnini egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano