Xosep Gvardiola: "Lam istalgan ampluada o'ynay olgani uchun ham uni yarim himoyaga o'tkazdim"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 17:50
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Filipp Lamni yarim himoyaga o'tkazish qarori haqida gapirib berdi.
"Bir necha yarim himoyachilarimiz o'shanda jarohat olishgandi. Martines, Alkantara va Shvaynshtayger bizga yordam berisha olishmayotgandi".

"Shuning uchun ham men bo'sh o'rinni qanday to'ldirish haqida o'ylay boshladim. Lam esa mavsumoldi tayyorgarlikda o'zini yarim himoyada ham yaxshi ko'rsata olgandi".

"Men uni jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilaman, shuning uchun u maydondagi istalgan joyda o'ynab keta oladi", dedi Gvardiola.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru