Xorvatiyalik o't o'chiruvchilar hammani hayron qoldirishda davom etishmoqda (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2018, 14:47
Zagreblik o't o'chiruvchilar Rossiya terma jamoasiga qarshi penaltilar seriyasidagi harakatlari aks etgan video orqali mashhur bo'lib ketishdi.

Ruslar bilan bahsda o't o'chiruvchilarga qo'ng'iroq tushdi va ular Rakitichning hal qiluvchi zarbasini ko'rmasdan, o'z ishlari tomon oshiqishdi.



Angliya terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin o't o'chiruvchilar voleybol o'ynashdi. Mag'lub bo'lgan Angliya terma jamoasi libosida do'konga chiqib kelishi kerak edi.


Xorvatiya 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Endi finalni kutamiz. Ko'ramiz, bu safar ular bizni qanday xursand qilishar ekan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru