Xorvatiya termasining sentyabr oyidagi o'yinlari uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 avg 2021, 22:19
Xorvatiya termasi matbuot xizmati sentyabr oyida JCH-2022 saralashi doirasida bo'ladigan uchrashuvlar uchun kengaytirilgan tarkibni ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Dominik Livakovich ("Dinamo" Zagreb), Simon Sluga ("Luton Taun"), Ivica Ivushich ("Osiek")

Himoyachilar: Domagoy Vida ("Beshiktosh"), Deyan Lovren ("Zenit"), Borna Barishich ("Reynjers"), Due Chaleta-Car ("Marsel"), Yosip Yuranovich ("Legiya"), Filip Uremovich ("Rubin"), Yoshko Gvardiol ("RB Leyptsig"), Mile Shkorich ("Osiek"), Borna Sosa ("Shtutgart").

Yarim himoyachilar: Luka Modrich ("Real"), Mateo Kovachich ("Chelsi"), Marcelo Brozovich ("Inter"), Mario Pashalich ("Atalanta"), Nikola Vlashich (SSKA), Luka Ivanushec ("Dinamo" Zagreb), Nikola Moro ("Dinamo" Moskva)

Hujumchilar: Ivan Perishich ("Inter"), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym"), Mislav Orshich ("Dinamo" Zagreb), Ante Budimir ("Osasuna"), Marko Livaya ("Xayduk"), Antonio Cholak ("Malme").

Xorvatlar 1 sentyabr kuni Rossiya, 4 sentyabr kuni Slovakiya va 7 sentyabr kuni Sloveniyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal