Mazkur bellashuvlarning ochilish va yopilish marosimlari hamda ayrim sport turlaridan bahslar Urganch shahridagi Xorazm sport majmuasi o'yingohida tashkil etiladi.
Bugungi kunda, bu yerda mukammal ta'mirlash va rekonstrukciya ishlari avjiga chiqqan. Ma'lumki, mazkur sport inshootida vohaning bosh jamoasi, yani Urganchning “Xorazm” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazib kelayotgandi. Natijada, yuzaga kelgan vaziyat tufayli jamoa joriy yilgi mavsum o'yinlarini Xiva shahridagi “Xiva” stadionida o'tkazishi belgilab qo'yildi. Jumladan, “Xorazm” 30 mart kuni O'zbekiston kubogining saralash bosqichi doirasida Nukusning “Orol” jamoasini qabul qilishadi. Keyingi bosqichda ushbu juftlik g'olibi maydoniga poytaxtning “Paxtakor” jamoasi tashrif buyuradi.
“Xorazm” jamoasi O'zbekiston birinchiligining dastlabki ikki uchrashuvini ham o'z maydonida o'tkazadi. 3 aprelda G'allaorolning “G'allakor-Avtomobilchi”, 6 aprelda esa Samarqandning “Sherdor” jamoalari vohaliklar mehmoni bo'lishadi.
Ayni paytda “Xiva” stadionida ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilyapti.
Ikrom XUDOYBERGANOV.