Xoland uchun mavsum yakunlandi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2025, 00:32
Erling Xoland joriy mavsum boshqa maydonga tushmaydi.

Angliya Kubogining chorak final bahsida "Siti" "Bornmut" mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi. Uchrashuving ikkinchi bo'limida Erling Xoland jarohat oldi va bahsning 61-daqiqasida zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuv yakunidan so'ng stadionni qo'ltiq tayoqda tark etgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xoland uchun mavsum yakunlangan. U iyun oyida boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha safga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph