

Tiklanish davrida futbolchi alohida dastur bo'yicha shug'ullangan bo'lsa-da, Erling chorshanba kuni umumiy guruhga qo'shildi.
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola payshanba kuni "Vulverhempton"ga qarshi o'yin oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumanida hujumchining maydonga qaytishi mumkin bo'lgan sana haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xoland "Bornmut"ga qarshi kubok o'yinida jarohatlanib, stadionni qo'ltiqtayoqda tark etgan edi.



