Xoland kelajagi haqida: "Hozir bilan yashayman. Men endigina "Dortmund"ga o'tdim va ketish haqida o'ylamayapman"

Alisher
26 iyun 2020, 13:21
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland kelajagi haqida gapirdi.

"Men hozir bilan yashayman. Men endigina "Dortmund"ga o'tdim va klubdan ketish haqida o'ylamayapman", - deydi Xoland.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 19 yoshli forvardning Madridning "Real" klubiga o'tishi borasida bir qator xabarlar yangragan edi.

Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 3ta assist qayd etdi. U klubga qishda o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca