Xitoyda o'ynayotgan futbolchi: Menda Barselonadan taklif bor

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2017, 08:25
Guanchjou Evergrandning braziliyalik yarim himoyachisi Paulino Barselonadan taklif borligini ma'lum qildi.

Barselona mening agentim bilan aloqaga chiqdi. Ulardan taklif bo'ldi. Hozir agentim ular bilan gaplashmoqda.

Hozir faoliyatimdagi eng yorqin palla. Bunday paytda qaror qabul qilish og'ir.

Barselonadek katta klub menga qiziqayotganidan xursandman. Bu ajoyib, - deydi braziliyalik futbolchi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globo.com