Xitoy. Anzur Ismoilov to'liq o'ynadi, Filiposyan maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014, 10:12
Xitoy Superligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Artyom Filiposyan to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" klubi o'z uyida "Guanchjou" bilan o'ynadi. Bahs 0:4 hisobi bilan tugadi.

Filiposyan uchrashuvni zaxiradan kuzatdi. "Lyaoning" 8 uchrashuvda 6 ochko to'plab musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 30 aprel kuni o'z uyida "Nanchang Bai"ga qarshi o'tkazadi.

"Lyaoning Xongyun" - "Guanchjou" 0:4
Gollar:
Dong Xuesheng 18, Muriki 31, Seleski 72 avtogol, Elkeson 89.

Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z maydonida "Shaansi Chanba"ni qabul qilib 0:0 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvda Ismoilov to'liq o'ynadi. Klub 6 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun" 30 aprel kuni o'z maydonida "Shandong Luneng" mehmoni bo'ladi.

"Chanchun Yatai" - "Shaansi Chanba" 0:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia