Xaynkes: “Seltik”ka imkon bermaslikka harakat qilamiz

31 okt 2017, 23:10
“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Chempionlar ligasida “Seltik”ka qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mazkur jamoalarning Myunxenda o'tgan ilk uchrashuvida “Bavariya” yirik g'alabaga erishgan edi.

“Muxlislarning ajoyib qo'llab-quvvatlashi orqali “Seltik” o'z uyida hujumkor o'yin ko'rsatadi. Ammo biz bu kabi holatda o'yinashga allaqachon ko'nikib ketganmiz. Bir qator futbolchilarimizda jarohat bor. Ammo bu o'yinimiz sifati va saviyasiga ta’sir ko'rsatmaydi”, deydi Xaynkes.

“Seltik”- “Bavariya” uchrashuvi bugun tunda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" расмий сайти