Xaver Ernandes "Manchester Yunayted"ga gol ursa, uni nishonlaydimi?

Aslanov Jasurbek
10 avg 2017, 16:27
"Vest Xem" yangi hujumchisi Xaver Ernandes "Manchester Yunayted"ga gol ursa nima qilishi haqidagi savolga javob berdi.

APLning 1-turida "bolg'aurarlar" MYU bilan o'ynaydi.

"Old Trafford"da gol ursa nima qilishni hozircha o'ylab qo'yganim yo'q. Chunki bu mening sobiq klubim, sobiq muxlislarim, sobiq stadionim. Biroq bu "Vest Xem"dagi ilk golim bo'lishi mumkin. Bu haqida o'ylaganim yo'q va klubimga ijobiy natija olib kelmoqchiman. Angliyaga qaytganimdan so'ng ilk uchrashuvim "Old Trafford"da bo'lishidan xursandman" - deydi hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com