Xakimi ertaga "Inter" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
29 iyun 2020
"Borussiya" (Dortmund)da ijara asosida o'ynayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Xakimi "Inter"ga o'tishga yaqin.

Bugun Milan va Madrid klublari transferning so'nggi detallarini kelishib olishadi, ertaga 21 yoshli marokashlik futbolchi "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "neradzurrilar" Xakimi uchun 5 millionlik bonusdan tashqari 40 million evro miqdoridagi to'laydi.

Ashraf Xakimi joriy mavsum barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira