Xabi Alonso: "Real Sosedad"da o'sishda davom etmoqchiman"

Alisher
27 mar 2021, 07:52
Kecha "Real Sosedad" ikkinchi jamoani boshqarayotgan Xabi Alonso bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Oldinroq, ispaniyalikning Gladbaxning "Borussiya" klubini boshqarishi borasida xabarlar yangragan edi.

"Men ishlarim qanday ketayotganidan mamnunman. Men klub bilan ajoyib tarzda gaplashdim va ushbu loyihaga yordam berish orqali o'sishni istayman.

Ushbu ikki yil men va klub uchun juda samarali bo'ldi. Hali ham bizda yuqori maqsadlar bor va kurashishimiz kerak bo'lgan narsalar bor. Bizning maqsadlarimiz juda yuqori", - deydi Alonso.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realsociedad