"Vulverxempton" o'z o'yinchisini 80 million funtga baholadi

Alisher
31 mar 2020, 18:50
"Vulverxepton" hujumchi Raul Ximenes borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Klub meksikalik hujumchisining narxini 80 million funtga baholadi. "Vulverxempton" bu narx orqali ehtimoliy xaridorlarni qochirishni ham o'ylamoqda.

Oldinroq, "Atletiko" sobiq futbolchisiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar yangragan edi.

Ximenes joriy mavsum Angliya chempionatida 29ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal