

"Navbahor": Bobur Akbarov keyingi turni o'tkazib yuboradi
PFL rasmiy sayti 22-turni o'tkazib yuboradigan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi. Ma'lum bo'lishicha, namanganliklar futbolchisi Bobur Akbarov O'zbekiston Chempionati 22-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Neftchi": Murod Ismoilov murabbiylar shtabida qoladi
Bu haqida klub prezidenti Tohir Kapadze aytib o'tdi. Mutaxassisning ma'lum qilishicha, Ismoilov o'z xohishiga binoan bosh murabbiylik lavozimidan ketish borasida ariza yozgan. Klub rahbariyatining qaroriga ko'ra endi jamoada bosh murabbiy vazifasini mavsum yakunigacha Andrey Fyodorov bajaradi. Murod Ismoilov esa unga yordam berib turadi.
Shuningdek, jamoa futbolchisi Abbos Maxstaliev keyingi "Bunyodkor"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmaydi.
"Andijon": Ramazonov 3 ta o'yinga chetlatidi va jarimaga tortildi
PFL tartib-intizom qo'mitasi qarori: "Andijon" futbolchisi Umrillo Ramazonov "Olmaliq" futbolchisining yuziga oyog'i bilan zarba bergani uchun 3 ta o'yinga chetlatilsin va jarimaga tortilsin.
"Qo'qon-1912": Aleksandr Kit jamoani tark etgan
Mavsum boshida murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan Aleksandr Kit ayni damda jamoa bilan birga emas. Olingan ma'lumotlarga ko'ra darvozabonlar murabbiyi “Qo'qon-1912” bilan xayrlashgan.



