Vodiyda "Andijon" faxriylari tengsiz

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013, 08:38
Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida faxriylar o'rtasida vodiy jamoalarining ochiq turniri o'tkazildi.

Musobaqada Andijon, Farg'ona, Namangan va Qo'qon faxriylar jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra farg'onaliklar turnirda vaqtida yetib kela olishmadi. Namangan viloyati sharafini esa Kosonsoy faxriylar jamoasi himoya qildi.

Dastlab maydonga Qo'qon va Kosonsoy faxriylari tushishdi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida omad kosonsoyliklarga kulib boqdi – 4:3. Farg'ona jamoasi Andijonga vaqtida kela olmagani bois mezbonlar finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishdi. Andijon va Kosonsoy faxriylari o'rtasidagi final bahsi qiziqarli o'tdi. Rustam Abdiev, Qobil Olimjonov, Vitaliy Legay boshchiligidagi mezbonlar finalda 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Turnir g'olibi bo'lgan Andijon faxriylar jamoasi maxsus Kubok bilan taqdirlandi. Musobaqa yakunlanganidan so'ng barcha faxriy futbolchi va ishtirokchilar dasturxon atrofida jam bo'lishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz