Villian keyingi mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2016, 20:25
Chelsi futbolchisi Villian Olimpiadada o'ynamoqchi va shu sababli APLda keyingi mavsum boshini o'tkazib yuboradi.


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi futbolchini Rioda bo'ladigan Olimpiadaga taklif qilmoqchi. Musobaqa avgust oyida boshlanishini hisobga oladigan bo'lsak, futbolchi Angliyada kelasi mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin. FIFA qoidalari bo'yicha, klublar futbolchini Olimpiadaga qo'yib yuborishga majbur emaslar. Ammo, Braziliya futbol federatsiyasi bu borada "Chelsi"ga murojaat qilgan.

"Umid qilamanki, tomonlar bu borada o'zaro kelishuvga erisha oladilar", - deydi futbolchining o'zi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru