Viktor Kumikov: "Mashal" bizdan yaxshiroq o'ynadi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2017, 09:59
"Mashal" - "Olmaliq" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizning futbolchilar issiqda qiynalib antifutbol ko'rsatishdi shekilli. Qisqasi juda yomon o'ynadik.

"Mashal" bugun bizdan yaxshiroq o'ynadi. O'z vaqtida bu klubda ishlaganman. O'sha davrlarda "Mashal" chempionat peshqadamlaridan biri edi. Hozir esa asosan o'z tarbiyalanuvchilariga ko'proq urg'u qaratmoqda", - deydi Kumikov.  

"Mashal" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia