Vidal 1 million evroga “Barselona”dan “Inter”ga o'tadi

20 sen 2020, 08:54
“Barselona”ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal bugun 20 sentyabr kuni “Inter” bilan muzokaralarni yakunlash Milanga keladi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabricio Romano Tvittyerdagi sahifasida.

“Inter” uning transferi uchun Kataloniya klubiga 1 million evro to'laydi.

Ilgari xabar qilinganidek, Vidal endilikda “Barselona” a'zosi hisoblanmaydi. U yaqindagina kataloniyaliklar bilan shartnomani bekor qildi. Futbolchi klub bazasiga borib, shaxsiy anjomlarini yig'ishtirib endilikda sobiqqa aylangan jamoadoshlari bilan xayrlashib ketgan.

Arturo 2018 yildan buyon “Barselona” tarkibida to'p tepib kelayotgandi. Bungacha u “Bavariya”, “Yuventus”, “Bayer” va “Kolo-Kolo” jamoalari safida to'p tepgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com