Vetnam bir yillik tanaffusdan so'ng safarda g'alaba qozondi: Qatar - Vetnam 1:2

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013, 08:04
Osiyo kubogi-2015 saralashidagi raqibimiz Vetnam terma jamoasi tunda Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinda hisobni qatarliklar vakili Geddo ochdi. Biroq mehmonlar tezkor hujumlar natijasida birinchi bo'limni o'zida ikki bor gol urishdi. Trong Xoang ikkala vaziyatda o'zini ko'rsatib Vetnamga irodali g'alaba taqdim etdi - 2:1.  

Shu tariqa vetnamliklar 1 yillik tanaffusdan so'ng safarda g'alaba qozonishdi. Oxirgi marta Vetnam raqib maydonida 2012 yilning 11 sentyabr kuni zafar quchgandi. O'shanda Malayziya o'rtoqlik uchrashuvida taslim qilingandi - 2:0. Shundan so'ng bo'lib o'tgan 10ta o'yindan atiga ikkitasini o'z foydasiga hal qilgan Vetnam g'alabasiz seriyasiga Qatarga qarshi o'yinda barham berdi. Kechagi o'yinga qadar vetnamliklar ketma-ket 5ta o'yinda g'alaba qozona olishmagandi.

Qatar - Vetnam 1:2
Gollar:
Muhammad Geddo 15 - Trong Xoang 21, 30.
Vetnam: Tan Bin, Vang Xoan (Xoang Kuang, 90+1), Gia Tu, Pxuok Vin, Van Nien, Si Kuong (Van Bien), Ngok Duy, Tan Luong (Tien Tan, 65), Kuok An, Trong Xoang, An Duk.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Vetnam uchrashuvi 15 oktyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 18:00ga belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia