
7 dekabr kuni "Liverpul"ga qarshi o'yinda Nolan qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi. Aynan o'sha o'yindan keyin jamoa Dublin shahriga yo'l olib, u yerda Rojdestvoni nishonlamoqchi edilar. O'tgan yili ham jamoa bu bayramni Dublinda nishonlagan.
Biroq, jamoaning 31 yoshli sardori, sheriklariga qo'shimcha mashg'ulotlarda qatnashishlari lozim ekanini tayinlab, ushbu safarni va bayram ziyofatini bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, Nolanning o'zi diskvalifikaciya sabab keyingi uch o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum qinigan edi.