"Lacio" 38 mlnga sotgan futbolchisini 3 mlnga qaytarib oldi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2021, 23:57
"Lacio" rasmiy saytida Felipe Andersonning "Vest Xem"dan transfer qilganini ochiqladi.

"Transfermarkt" portaliga ko'ra, transfer summasi 3 mln evroni tashkil qilgan. Qayd etish kerak, 2018 yili Rim klubi futbolchini 38 mln evro evaziga sotib yuborgandi.

"Vest Xem" tarkibida Anderson 73 o'yinda 12 gol va 13 assist qayd etdi. O'tgan mavsumni braziliyalik futbolchi "Portu" tarkibida ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/OfficialSSLazio