Verratti PSJ rekordchisiga aylandi

19 fev 2020, 09:05
Marko Verrati PSJ tarixidan joy oldi.

YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Borussiya”ga qarshi bahsda PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti o'yinni to'liq o'tkazdi. Bu Marko uchun PSJ safida evrokuboklardagi 58-o'yin bo'ldi. Natijada italiyalik futbolchi bu borada rekordchiga aylandi. Verratti 57 ta o'yin o'tkazib, PSJning evroarenadagi rekordchisi bo'lib kelgan Pol le Guenni ortda qoldirishga erishdi.

Ma'lumot uchun, Verratti “Borussiya”ga qarshi 11 mart kuni bo'lib o'tadigan javob o'yinida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta