
"Bu men uchun katta g'urur. Andreaning faoliyati juda ajoyib o'tgan. U istalgan o'yin taqdirini hal qilib yuborishi mumkin bo'lgan kuchli futbolchilardan biri. Meni unga o'xshatishayotganidan xursandman. Inesta va Pirlo kabi futbolchilarning o'yinidan zavqlanaman. Ulardan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi", - deydi PSJ futbolchisi.