Veri: "Yuventus" Ronaldu bilan istalgan raqibni engadi"

14 dek 2020, 01:25
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristian Veri YCHL 6-turida "Barselona"ni yirik hisobda (3:0) mag'lub qilgan "Yuventus"dan hayratlanmaganini aytdi.

"Yo'q, bu ajablanarli holat emas. Tarkibida Krishtianu Ronaldu bo'lsa, ular istalgan raqibni mag'lub qilishlari mumkin. Bu kabi o'yinchilar chegarani bilishmaydi.

"Yuventus" usiz bir nechta o'yin o'tkazdi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoaning o'yini unga bog'lanib qolgan, ammo buning nimasi ajablanarli? Messisiz "Barselona" yoki Lukakusiz "Inter" bilan ham shunday holat yuz beradi".

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia