
Manuel Noyer jamoa bilan birga Bremenga ketmagan va Myunxenda qolgan. Xosep Gvardiola Noyerga dam olishi uchun imkoniyat yaratib bergan. "Verder" bilan bo'ladigan o'yinda Pepe Reyna darvozasini qo'riqlashi mumkin. Agarda darvozaga ispaniyalik posbon qo'yiladigan bo'lsa, unda bu bellashuv Reynaning bundesligadagi debyut uchrashuvi bo'ladi.