Veratti: Vaqti kelib PSJ muhim sovrinlarni qo'lga kiritadi

31 mar 2018, 09:17
Marko Veratti PSJning kelajagiga ishonmoqda.

“Agar g'alaba qozona olmasak, atrofda shovqin-suron ko'payib ketadi. Bu esa bizga buyuk o'yinchilarga qaragandek, e'tibor berishayotganini anglatadi. Biz kuchli bosim ostidamiz. Ehtimol, biz so'nggi ikki yil ichida kerakli baland nuqtaga chiqa olmagandirmiz, ammo o'z o'rnida xotirjamlikni saqlab turibmiz. Bir kuni muhim sovrinlarni ham qo'lga kiritamiz. Ha, bu majburiyatimiz. Mavsum avvalidan beri barcha sovirnlarni yutishga harakat qilyapmiz. Biroq barcha sovrinlarni qo'lga kiritish oson emas. G'alaba biz va klub uchun juda muhim. Xalqaro maydonda hech narsa yutmadik. Bizning hozirgi asosiy maqsadimiz - Fransiyadagi sovrinlar”, - deydi Marko.

Bugun 31-mart sanasida Fransiya liga kubogi finalida PSJ “Monako”ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com