Venger: "Muxlislar noroziligi? Men professionalman va har qanday sharoitda ishlayman"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017, 15:18
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "to'pchilar" mashg'ulot bazasi yaqinida norozilik namoyishini o'tkazgan muxlislar borasida fikr bildirdi.

Ushbu etirozlar tufayli matbuot-anjumani kechikdi.

"To'g'risini aytaman, men professionalman va har qanday sharoitda ishlayveraman. Bor e'tiborimni ishga qaratganman va doimo keyingi bahs haqida o'ylayman. O'z vazifamni halol bajaraman va hech narsadan qo'rqmayman.

Har bir kishining o'z fikri bor. Natijaga ta’sir ko'rsata oladigan futbolchilar bir bo'lishi men uchun juda muhim" - deydi Venger.

5 aprel kuni "Arsenal" APLning 31-tur uchrashuvlari doirasida "Vest Xem"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror