Venger: "Chex "Chelsi"ga qarshi o'yin taqdirini hal qila oladi"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2015, 16:10
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning fikricha, darvozabon Petr Chex "Chelsi"ga qarshi o'yinda hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin.

"Siz Chexga gol urishingiz uchun ideal hujum uyushtirishingiz kerak bo'ladi. U o'yinga bor e'tiborini qaratishini istayman. O'z klubingga qarshi o'ynash doimo qiyin. U o'yin taqdirini hal qila olishi mumkin.

Bu bahs biz uchun juda muhim va aynan shunday uchrashuvlar tufayli mavsum oxirida turnirdagi o'rnimiz hal bo'ladi. Hozir "Chelsi" qaysi o'rinda ekanligiga e'tibor qaratayotganim yo'q. "Arsenal" bor kuchi bilan o'ynashini istayman" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com