Vardi - jurnalistlar talqiniga ko'ra APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
2 may 2016, 15:19
"Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi futbol juranistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Tulkilar" hujumchisi uchun jurnalistlarning 36% ovoz berdi va u jamoadoshlari Riyad Marez hamda N'Gola Kantelarni ortda qoldirdi.

Vardi Joriy mavsumda APLning 34 uchrashuvida 22 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com