Valverde: "Messi va Ronaldu raqobati davri yakunlandi"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdening fikricha, hujumchi Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tganidan so'ng u va Lionel Messi o'rtasidagi raqobat davri yakunlandi.

"Ronaldu Ispaniyani tark etdi. Menimcha, u va Leo Messi o'rtasidagi raqobat yakunlandi. Avval ulardan biri eslanganda, tezda ikkinchisining familiyasi aytilar edi. Endi esa bu tarixda qoldi" - deydi Valverde.

Ronaldu yozgi transfer oynasida 112 mln evro evaziga "Real"dan "Yuventus"ga o'tdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Times