Valverde: "Klasiko"dan oldin CHLdagi g'alabalar "Barselona"ga ustunlik beradi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2018
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o'yinida "Inter" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Inter"ga butun bahs davomida o'z o'yinini ko'rsatishga imkon bermadik. Raqibni to'psiz qoldirishni reja qilgandik, to'pni yo'qotganimizda esa tezkorlik bilan pressing amalga oshirdik.

Artur juda yaxshi o'ynadi, u uchung xursandman. Kichik jarohat olgani tufayli tavakkal qilishni istamadik va uni almashtirdim. Yaxshi o'yin ko'rsatdik, "Uembli"dagi bahsimiz ham shunday bo'lgan. Bu ikki g'alaba "klasiko"dan oldin bizga ustunlik beradi" - deydi mutaxassis.

"Barselona" joy olgan guruh jadvali bilan tanishing: B guruhi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana