Vadim Abramov: "Kerjakov "Lokomotiv"da? Buni birinchi marta eshityapman"

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2015
Bugun matbuotda rossiyalik taniqli hujumchi Aleksandr Kerjakov Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubiga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumot tarqaldi.
Xo'sh, bu o'tish amalga oshadimi? Kerjakov ikkinchi davra arafasida "Lokomotiv"ga kelib qo'shiladimi? Shu kabi savollarga javob olish maqsadida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramovga murojaat qildik.

"Kerjakov "Lokomotiv"da? O'zimizning "Lokomotiv"mi yoki "Lokomotiv" Moskvami? Agar gap o'zimizning "Lokomotiv" haqida borayotgan bo'lsa, bu gapni endi birinchi bor eshitib turibman. Albatta, Kerjakov tajribali hujumchi, uni o'z safimizga qo'shib olsak, jamoaga ko'p foydasi tegishi mumkin. Lekin biz bu futbolchi bilan hech qanday muzokara olib borganimiz yo'q. Ammo shuni unutmaylikki, futbolda har narsa ro'y berib qolishi mumkin", - deydi Vadim Abramov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia