
Nozim Mullaoxunov boshqaruvidagi jamoa ushbu yig'in chog'ida bir qator sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etishni rejalashtirgan.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bosqichda jamoa sharafini himoya qilgan himoyachi Shoirbek Ro'ziev klub bilan xayrlashgan. Undan oldinroq esa, Xursand Mahammatov, Damir Jamoldinov, Bekzod Turg'unov, Akmal Yuldashev kabi futbolchilar ham jamoa lagerini tark etgandi.
Ketganlarni o'rnini to'ldirish maqsadida esa “Lokomotiv-BFK”dan darvozabon muzaffar Abdullaev va Andijon shahridagi “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”ning bitiruvchi yoshlaridan iqtidorlilarni saralab olingan.