Ushbu yozda amalga oshishi kutilayotgan transferlar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
12 iyul 2014, 12:21
Yozgi transfer oynasi vaqtida bir qancha klublar o'z tarkiblarini kuchaytirish maqsadida yulduz futbolchilarni o'z saflariga qo'shib olishga harakat qiladilar. Bugun ulardan bir qanchasi haqida ma'lumot beramiz

"Yuventus" Pol Pogbani qo'yib yuborishga tayyor. Xaridorlar esa "Chelsi", "Manchester Siti", PSJ


"Yuventus" anchadan beri Arturo Vidalni sotishga tayyorligini aytib keladi. Chililik futbolchiga MYU haridor bo'lishi mumkin


Patris Evra MYUda sakkiz mavsumni o'tkazdi. Endilikda u "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi


Germaniyalik Toni Kroosning "Real"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi


Gilermo Ochoaning JCHda ko'rsatgan o'yinidan so'ng unga ko'plab jamoalar haridor bo'lmoqda. Uning "Atletiko"ga qo'shilish ehtimoli yuqori


MYU va PSJ Anxel Di Mariyani "Real"dan sotib olish harakatida


"Arsenal" futbolchisi Tomas Vermalen kelasi mavsumni hozircha qaysi jamoa safida boshlashi aniq emas


Qachonlardir dunyoning eng qimmat himoyachisi bo'lgan Rio Ferdinand KPR safiga tekinga borib qo'shiladi


"Portu" futbolchisi Mangalyaning "Manchester Siti"ga o'tishga rozi bo'lganligi haqida bugun ertalab xabar berib o'tdik


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia