Useyn Bolt futbolchi sifatida faoliyat boshlashi mumkinligini inkor etmadi

Tolibjon Qosimov
12 mar 2014, 17:50
Engil atletikaning yugurish musobaqalarida jahonda tengsiz bo'lgan sportchi - Useyn Bolt Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpia o'yinlaridan keyin professional futbolchiga aylanishi mumkinligini inkor etmadi.
Bugun Bolt o'zining Instagramdagi sahifasida Yamayka terma jamoasi bosh murabbiyi bilan birga tushgan fotosuratini joylashtirib, futbolchilik faoliyatini boshlashi mumkinligi haqida quyidagicha yozuv qoldirdi:

"Yamayka, xo'sh, qalay? Hmm... Biz butun jahonga shuni ma'lum qilishni istardikki, kelajakda hamma narsa bo'lishi  mumkin".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net