Umid Ahmadjonov Andijon shahriga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2018, 09:13
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan Andijonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Andijonda olimpiya sport turlari hamda futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Shuningdek, tashrif davomida Andijondagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatlari, “Andijon” futbol klubi infratuzilmasi, ayollar jamoasi, sport obektlari ko'zdan kechiriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com