Uilshir "Arsenal" muxlislaridan uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 18:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir jamoaning so'nggi uchrashuvlardagi salbiy natijasi uchun klub muxlislaridan uzr so'radi.

"Arsenal muxlislari, sizlardan uzr so'rayman. Sizlar ko'prog'iga munosibsiz. Bu men aytmoqchi bo'lgan hamma gap. Jamoa uchun og'ir paytda sizlarga qanchalik qiyinligini bilaman, ammo sizlarga muxtojmiz. Natijalarni yaxshilash uchun bor kuchimizni ishga solamiz, ammo iltimos, biz bilan bo'ling" - deydi Uilshir.

"Arsenal" o'zining so'nggi 6 uchrashuvda 5ta mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com