UEFA rahbari Cheferin yozgi transfer oynasi muddatini qisqartirish tarafdori

Aslanov Jasurbek
6 sen 2017, 17:43
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin yozgi transfer oynasining qisqarishi g'oyasi borasida fikr bildirdi.

APLning 20 klubi  7 sentyabr kuni kelasi mavsumda transfer oynasi muddati qisqarishi borasida ovoz berishadi. Muddat o'zgarishi uchun kamida 14 ta klubning roziligi kerak bo'ladi.

"Yevropada yozgi transfer oynasini qisqartirish borasida jiddiy bahs-munozaralar bo'lmoqda. Futbolchilar mavsumni bir klubda boshlab, transfer oynasi yopilguniga qadar boshqasida to'p tepishi yomon. Oyna bunchalik uzun bo'lmasligi lozim va qisqartirishni qo'llab-quvvatlayman" - deydi Cheferin.

Yevropaning ko'plar chempionatlarida transfer oynasid 1 sentyabrgacha yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times